Kameral tekshiruvlarni oʻtkazishda soliq organlarining quyidagi huquqlari bekor qilinadi (QQS summasini oʻrnini qoplashda (qaytarishda) oʻtkaziladigan kameral tekshiruvlar bundan mustasno):

- soliq toʻlovchining hududiga kirish;

- uning hududini va binolarini koʻzdan kechirish;

- soliq toʻlovchidan hujjatlarni talab qilib olish va uni chaqirtirish;

- hujjatlar va buyumlarni olib qoʻyish.

Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 2024-yil 14-martdan kuchga kirdi, deb xabar beradi “Norma”.