Soliq organlarida 325,5 mingdan ortiq ijara shartnomasi hisobga qo‘yilgan

    2022-yilda 325 513 ko‘chmas mulk ijara shartnomasi soliq organlarida hisobga qo‘yildi.

    Jismoniy shaxslar o‘rtasida tuzilgan 223,5 mingta ijara shartnomalari asosida 159,3mlrd so‘m daromad solig‘i hisoblanib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 27,8 foizga va hisoblangan daromad solig‘i summasi 44,3 foizga oshgan.

    Talabalar bilan 47 730 ta ijara shartnomasi tuzilgan bo‘lib, ijarada turuvchi talabalar soni jami 79 989 nafarni tashkil etdi.
    Soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan. Ularga daromad solig‘idan 12,7 milliard so‘mdan ortiq imtiyoz qo‘llanilgan.

    Eslatib o‘tamiz! 2022-yil 1-yanvardan yuridik shaxslar ko‘chmas mulkni ijaraga berish shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida elektron shaklda hisobga qo‘yishi belgilangan.