Kompleksda 1,5 mingga yaqin tadbirkor faoliyat yuritsada, ularning faqat toʻrtdan biri roʻyxatdan oʻtgan, 25 foizi oyiga 1 million soʻm ham soliq toʻlamayapti. Shuningdek, dekabr oyida plastik kartalar orqali yechib olingan 600 milliard soʻmlik savdo tushumi yashirilgan.
Toshkent shahar soliq boshqarmasi byudjet rejasini yaxshi ishlayotgan tadbirkorlarga ortiqcha toʻlov qildirish hisobidan bajarmoqda. Jumladan, 46,4 ming korxonadan 876 milliard soʻm ortiqcha toʻlov undirilgan.
Soliq qoʻmitasida qoʻshilgan qiymat soligʻidan sunʼiy ortiqcha toʻlov hosil qilish orqali uni byudjetdan noqonuniy qoplash holatlari koʻpaygan. Oʻtgan yilda mazkur soliqni noqonuniy qaytarish boʻyicha 20 nafar soliq xodimiga jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Ushbu yoʻnalishga javobgar boʻlgan, yetti yildan beri ishlab kelayotgan qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari Mubin Mirzayevning loqaydligi va masʼuliyatsizligi koʻrsatib oʻtildi.
Yigʻilishda M.Mirzayev ishdan olindi.