Soliq sohasini raqamlashtirishda yangi kelishuvga erishildi

    Raqamlashtirish 22 Sentabr 2021 1957

    Kuni kecha Oʻzbekiston davlat soliq qoʻmitasi raisi Sherzod Kudbiyev hamda Rossiya Federatsiyasi soliq xizmati rahbari Daniil Yegorov oʻrtasidagi uchrashuvda ham sohani raqamlashtirishga qaratilgan ishlar batafsil muhokama etildi.

    Jumladan, onlayn kassa texnikalari va elektron cheklar tahliliy tizimini ishga tushirish, tizim chakana savdo obyektlarining onlayn nazorat-kassa texnikalari bilan qamrab olish darajasini baholash, tovarlar va xizmatlar realizatsiyasi tarkibi haqidagi maʼlumotlarni avtomatik tarzda olish imkonini yaratish borasidagi taklif va mulohazalar oʻrtoqlashildi.

    Shuningdek, yirik hajmli maʼlumotlarni qayta ishlash sohasida tajriba almashish uchun shu yil oktyabr oyida bir guruh dasturchilar va maʼlumotlar bazasi administratorlarini Moskva shahriga yuborish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.