Avvallari yoʻlovchi qatnovlari haftasiga ikki marta – dushanba va juma kunlari amalga oshirilar edi.

2024-yil 24-yanvardan boshlab aviatashuvchi uchinchi qatnovni joriy qilib, chorshanba kunlari Boeing 737-800 samolyotida qoʻshimcha reysni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

“Somon Air” - bosh qarorgohi Dushanbeda joylashgan Tojikiston aviakompaniyasi boʻlib, ichki va xalqaro yoʻnalishlarda muntazam yoʻlovchi tashuvlarini amalga oshirishga ixtisoslashgan.