Soʻnggi 2 yarim yil ichida elektr energetika sohasida qancha investitsiya bitimlari imzolandi?

    Energetika 23 Sentabr 2021 609

    2019-2021-yillar davomida elektr energetika sohasida (Issiqlik, quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish boʻyicha) umumiy quvvati 7 231 MVt ga teng boʻlgan 17 ta investitsiya bitimlari imzolandi.

    Energetika vazirligi Matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, umumiy quvvati 2 100 MVt ga teng boʻlgan issiqlik, quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish boʻyicha tender savdolari eʼlon qilingan.

    Shu bilan birga, umumiy quvvati 600 MVt ga teng quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish boʻyicha tender savdolari eʼlon qilish bosqichida.