Shuningdek, bemorlar va muassasalarda mehnat qilayotgan xodimlar uchun munosib sharoitlar yaratish, zarur ehtiyojlarni taʼminlash maqsadida:
3 076 ta davolash-profilaktika muassasasida isitish tizimi talab darajasiga keltirildi;
1 842 ta muassasada ichimlik suvi tarmoqlari yangilandi;
1 044 ta muassasada hamda 14 ta tibbiy ijtimoiy muassasada joriy va mukammal taʼmirlash ishlari olib borildi.
Shu jumladan, 2020-yilgi investitsiya dasturi doirasida:
284 ta tibbiyot obyektlariga 2,2 trillion soʻm yoʻnaltirildi,
61 ta obyektni qurilish-taʼmirlash ishlari 2021-yilga oʻtkazildi.
223 ta obyektlarda qurilish-taʼmirlash ishlari yakunlandi.
Prezidentimizning 2020-yil 28-dekabrdagi 4936-sonli qaroriga asosan kelgusi 2021-yilda 131 ta tibbiyot muassasasini qurilish-taʼmirlash ishlariga 1,4 trillion soʻm mablagʻ yoʻnaltirildi.
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.