Soʻnggi besh yilda mamlakatimizda xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 1,6 barobarga oshdi

    2023-yil 1-mart holatiga koʻra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarning soni 13 161 tani tashkil etdi.

    Oʻzbekiston statistika agentligi maʼlumotlarida qayd etilishicha, bu koʻrsatkich 2019-yilning shu davri bilan taqqoslaganda 1,6 barobarga oshgan. Ularning soʻnggi besh yildagi oʻsuvchanligi quyidagicha:

    2019-yilda – 8 056 ta

    2020-yilda – 10 769 ta

    2021-yilda – 12 069 ta

    2022-yilda – 13 531 ta

    2023-yilda – 13 161 ta