AOKAda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati rahbari Durdona Ochilova ishtirokida oʻtkazilgan brifingda davlat xaridlari sohasida oʻtkazilgan oʻrganishlar natijalari eʼlon qilindi.

Agentlik tomonidan joriy yilning iyun-iyul oylarida oʻtkazilgan monitoring tadbirlarida Respublika boʻyicha byudjet buyurtmachilari tomonidan qiymati 141 mlrd. soʻmlik 458 ta tanlovda “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi va “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunlarning talablari buzilishiga yoʻl qoʻyilganligi aniqlandi.

▫️Andijon viloyatida 34,4 mlrd. soʻmlik (104 ta);

▫️Toshkent shahrida 19,5 mlrd. soʻmlik (51 ta);

▫️Toshkent viloyatida 13,9 mlrd. soʻmlik (50 ta);

▫️Surxondaryo viloyatida 13,8 mlrd. soʻmlik (43 ta);

▫️Samarqand viloyatida 12,8 mlrd soʻmlik (50 ta);

▫️Qashqadaryo viloyatida 12,5 mlrd. soʻmlik (41 ta);

▫️Jizzax viloyatida 8,3 mlrd. soʻmlik (20 ta);

▫️Buxoro viloyatida 7,3 mlrd. soʻmlik (33 ta);

▫️Xorazm viloyatida 5,3 mlrd. soʻmlik (18 ta);

▫️Navoiy viloyatida 5,2 mlrd. soʻmlik (16 ta);

▫️Qoraqalpogʻiston Respublikasida 3,4 mlrd. soʻmlik (11 ta);

▫️Namangan viloyatida 2,6 mlrd. soʻmlik (11 ta)

▫️Fargʻona viloyatida 2,0 mlrd. soʻmlik (10 ta) tanlovlar boʻyicha davlat xaridlariga oid qonunchilik talablari buzilganligi maʼlum boʻldi.