Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-avgust holatiga koʻra, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlarning jami korxona va tashkilotlardagi ulushi 1,9 foizni (soni 9 959 ta) tashkil etdi.
1-avgust holatiga sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlarni yillar kesimida dinamikasi:
2017-yilda – 5 801 ta;
2018-yilda – 6 426 ta;
2019-yilda – 7 467 t;
2020-yilda – 8 554 ta;
2021-yilda – 9 959 ta.