Murojaatda aytilishicha, fuqaro “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan zotdor quyon sotib olish uchun 27 million soʻm kredit olgan. Soʻng u 2021-yil 16-aprel kuni zotdor quyon sotib olish uchun “Halol Goʻsht Eksport» MCHJ bilan shartnoma imzolagan. Lekin shu kunga qadar taʼminotchi korxona tomonidan zotdor quyon yetkazib berilmagan.
Ushbu murojaat oʻrganilib, “Halol Goʻsht Eksport” MCHJ rahbariyatiga xabarnoma yuborilgan. Biroq korxona rahbariyatidan hech qanday javob olinmagani sababli murojaat Fuqarolik ishlari boʻyicha Yangiqoʻrgʻon tumanlararo sudiga fuqaro manfatini koʻzlab daʼvo arizasi kiritildi.
Ushbu murojaat FIB Yangiqoʻrgʻon tumanlararo sudi tomonidan 2022-yil 20-aprel kuni koʻrib chiqilib, fuqaro S.R foydasiga javobgar “Halol Goʻsht Eksport” MCHJ rahbariyati keltirgan zararni — 27 000 000 soʻmni undirish toʻgʻrisida hal qiluv qarori chiqarildi, deyiladi federatsiya axborot xizmati xabarida.