Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Paxtachi tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Paxtachi dehqon bozori” MCHJ rahbari G.A. va hisobchisi V.N. arzonlashtirilgan savdo yarmarkalarida sotuvga qoʻyilgan 102,9 mln soʻmlik oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sotuvidan tushgan mablagʻlarni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.