Sovet kosmik kemasi “Kosmos-482” Hind okeaniga qulab tushdi

    Voqea-hodisalar 11 May 2025 927

    Osiyo yoki Markaziy Osiyo davlatlari hududiga tushishi taxmin qilinayotgan “Kosmos-482” kosmik apparati orbitadan chiqib, Hind okeaniga quladi deya xabar bermoqda Roskosmos.

    Qayd etilishicha, fazoviy qurilma Moskva vaqti bilan 9:24 da (Toshkent vaqti bilan 11:24 da) atmosferaning zich qatlamlariga kirgan va Hind okeanidagi Oʻrta Andaman orolidan 560 kilometr gʻarbda qulagan.

    “Kosmos-482” qurilmasi — 1972-yil 31-martda Sovet Ittifoqining Venerani oʻrganish boʻyicha sayyoralararo dasturi doirasida uchirilgan qurilma hisoblanadi. Uning uchirilish maqsadi Veneraning zich atmosferasi, harorati, bosimi, yoritilishi va yuzasining tarkibini oʻrganish edi. “Roskosmos” xabariga koʻra, harakat blokidagi nosozlik sababli qurilma Yerning yuqori elliptik orbitasida qolgan va asta-sekin sayyoraga yaqinlashib, qulagan.

    Eslatib oʻtamiz, avvalroq ayrim ekspertlar tomonidan 53-yil oldin “Venera-8” missiyasi doirasida uchirilgan “Kosmos-482” kosmik apparatning Osiyo yoki Markaziy Osiyo davlatlari hududiga qulashi mumkinligini taxmin qilinayotgan edi.