Mehmonlarga poytaxtimizning rivojlanishi jarayonlari, investorlar uchun ishlab chiqilgan istiqbolli loyihalar haqida maʼlumot berildi.
Delegatsiya rahbari, bank boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari Sergey Xotimskiy iliq qabul uchun minnatdorlik bildirib, bank faoliyati haqida qisqacha maʼlumot berdi. Sovkombank – Rossiyaning 20 milliard aktivga ega uchinchi bankidir. MHXT (moliya hisoboti xalqaro standartlari)ga muvofiq eʼlon qilingan hisobotlarga asoslangan Guruh hisob-kitoblariga koʻra, Sovkombank guruhi oxirgi 10 yil davomida (2010-2019-yillar) daromadlilik boʻyicha Rossiyada ikkinchi oʻrinda boʻlib, unda kapitalning oʻrtacha rentabelligi (ROE) 44% ni tashkil qilgan. Bank obligatsiyalari 57 ta yirik mijozlar orasida joylashtirilgan. Bank Belorussiya va Qozogʻistonda ham faoliyat olib boradi.
Sergey Xotimskiyning taʼkidlashicha, bank rahbariyati strategik hamkorlikka qiziqib, Oʻzbekiston, xususan Toshkent bilan hamkorlikni istiqbolli deb hisoblaydi. Shuningdek, u oxirgi yillarda Oʻzbekistonda va uning poytaxtida biznes faolligining oʻsish surʼatlari bilan qiziqib, hokimlik vakillaridan bu borada atroflicha javob oldi.
Shuningdek, Sergey Xotimskiy Toshkentdagi islohotlarga qiziqish katta ekanligini taʼkidlab, Sovkombank tomonidan hamkorlikning aniq yoʻnalishlarini oʻrganish va birgalikda ishlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrilishini maʼlum qildi, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.