Bunday mahsulotlarni isteʼmol qilishning inson sogʻligʻiga taʼsiri yuzasidan Sanepidqoʻmita axborot xizmati oʻz munosabatini bildirdi.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, har bir oziq-ovqat mahsulotini saqlash boʻyicha muayyan texnik talablar (SanQvaN, GOST) belgilangan boʻlib, ular maʼlum harorat va namlikda saqlanishi lozim.

Sovuq urishi oqibatida mahsulotlar oʻzining organoleptik xususiyatlarini, yaʼni mazasi va taʼmini yoʻqotadi hamda isteʼmolga yaroqsiz hisoblanadi. Shuningdek, ularning ozuqaviy qiymati ham pasayib ketadi.

Garchi sovuq urgan mahsulotlar bevosita zaharlanishga olib kelmasa-da, ular barcha foydali xususiyatlarini yoʻqotadi. Bundan tashqari, bunday mahsulotlar muzdan tushganidan keyin ularni saqlash muddati keskin qisqarib ketadi.

Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, sanitariya-gigiyena talablariga muvofiq (0027-22-son SanQvaM), umumiy ovqatlanish korxonalarida muzdan eritilgan va qayta muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilishga ruxsat etilmaydi.