Soʻx tumani markaziy shifoxonasiga ogʻir bemorlarga shoshilinch yordam koʻrsatishga moʻljallangan yangi “Hyundai” rusumli toʻliq jihozlangan reanimobil taqdim etildi.
Shuningdek, qiymati salkam 100 000 dollarga teng boʻlgan kardiomonitor, 1 ta defibrelyator apparati, 3 ta infuzomator dastgohi, karonavirusni davolashda ishlatiladigan 4 ta SIPAP, 1 ta jarrohlik uskunasi va dori-darmonlar ham tuman tibbiyot birlashmasiga yetkazib berildi.
Yangi taqdim etilgan reanimobil va zamonaviy tibbiyot jihozlar kelgusida Soʻx tumanida aholisiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yana-da yuksaltirishga xizmat qiladi, deb xabar beradi Fargʻona viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati.