Shuningdek, qiymati salkam 100 000 AQSH dollariga teng boʻlgan kardiomonitor, 1 ta defibrelyator apparati, 3 ta infuzomator dastgohi, karonavirusni davolashda ishlatiladigan 4 ta SIPAP, 1 ta jarrohlik uskunasi va dori-darmonlar ham tuman tibbiyot birlashmasiga yetkazib berildi.
Taqdimot marosimida viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi Xusan Mamajonov va tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayevlar ishtirok etib, Soʻx tumanidagi tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga davlatimiz rahbariyati va Fargʻona viloyati hokimligi tomonidan katta eʼtibor berilayotgani haqida soʻz yuritdilar. Shuningdek, barcha tibbiyot xodimlari bu eʼtiborga javoban ikki hissa masʼuliyat bilan ishlashi, aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yana-da yaxshilash zarurligi taʼkidlandi.
Shu kuni viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi, tuman hokimligi mutasaddilari va tibbiyot sohasi vakillari ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilishda Davlatimiz rahbarining 2020-yil 12-noyabr kungi “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sogʻliqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yana-da oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi PF-6110 Farmoni ijrosini taʼminlash boʻyicha tumanda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, kelgusi vazifalar belgilab berildi.
Yangi taqdim etilgan reanimobil va zamonaviy tibbiyot jihozlar kelgusida Soʻx tumanida aholisiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yana-da yuksaltirishga xizmat qiladi.
Fargʻona viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi Axborot xizmati.