Chindan ham qisqa fursatda tumanda yillar davomida amalga oshmagan ishlar oxiriga yetkazilib, Soʻx butunlay yangi qiyofa kasb etdi.
Tumanda zamonaviy yangi madaniyat markazi qad rostlagani esa, bu yerlik aholi uchun yana bir tuhfa boʻldi, deyish mumkin.
Hushyor MFY hududida qurilgan markazning ochilish marosimida Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi.
3,5 milliard soʻm sarflab barpo etilgan ushbu madaniyat maskani, qishloqdagi talabga javob bermay qolgan eski madaniyat markazi binosi oʻrnida bunyod boʻldi.