N.S. bu bo‘yicha ariza bilan murojaat qildi.
Tezkor-qidiruv xizmati kiberxavfsizlik bo‘linmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahrida yashovchi 21 yoshli R.A. sodir etganligi aniqlangan.
Unga ko‘ra, R.A., N.S. bilan “Telegram” messenjerida tanishib, tilla taqinchoqlar sotishi haqida aldab, undan ushbu mahsulotlar uchun oldindan to‘lov sifatida jami 1.800.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini uning bank kartasidan o‘tkazdirib olib, so‘ng yozishmalarni o‘chirib yuborgan va kelishuvga ko‘ra, tilla taqinchoqlar yetkazib bermaganligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan R.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qonunga muvofiq, R.A. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.