Xastalik nogironlikning og'ir shakli hamda harakat cheklanishi bilan bog'liq. Binobarin, u irsiy kasalliklar tufayli bolalar o'rtasida sodir bo'ladigan o'lim holatlarining eng keng tarqalgan omillaridan biridir.

Shu munosabat bilan Sog'liqni saqlash vazirligi bilan “SMA UMID” nodavlat-notijorat tashkiloti hamkorligida ushbu irsiy kasallikka chalingan bolalarga ko'rsatilayotgan tibbiy xizmat mavzusida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

—  Ehtiyojmand fuqarolarimizga g'amxo'rlik ko'rsatish jamiyat va davlatning bag'rikengligi ifodasidir.  Ayni paytda O'zbekistonda 93 nafar SMA kasalligiga chalingan bemor mavjud. Mamlakat rahbarining tegishli qarori qabul qilingan vaqtda ro'yxatda turgan 76 nafar bemorni iyun oyidan boshlab dori vositalari bilan bepul ta'minlash bo'yicha davlat dasturi kuchga kirdi. Hujjat imzolangandan keyin yana 17 nafar bemor aniqlandi. Hademay ular ham spinal mushak atrofiyasi klinik diagnoziga ega bo'lgan oilalarning Yfgona milliy registriga kiritilib, davlat dasturidan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladi. — deydi Sog'liqni saqlash vaziri o'rinbosari Elmira Basitxanova. 

Statistik ma'lumotlarga ko'ra, SMAga chalingan bemorlarning to'rtdan bir qismini o'zaro yaqin qarindoshlar o'rtasidagi nikohdan dunyoga kelgan o'g'il-qizlar tashkil etadi. Bu haqida Sog'liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.