Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining bolalar endokrinologiyasi bo‘limi mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi Shahnoza Azimova bolalarda qandli diabet 1-tur muolajasiga oid fikrlarini ayni shu mavzudagi tavsiyalar bilan boshladi.
— Sport qandli diabetga chalingan bolalar hayotining ham ajralmas qismi bo‘lishi zurur, — deydi mutaxassis. — Chunki jismoniy faollik organizmda qand o‘zlashtirilishini yaxshilaydi.
Sport turi shifokor tavsiyasiga ko‘ra, bola yoshi, kasallik darajasini inobatga olgan holda belgilanadi. Ko‘pincha yengil atletika, gimnastika, suzish tavsiya etiladi.
Zamonaviy tibbiyotda qandli diabetning 1-tur davo chorasi sifatida insulin pompa terapiyasi o‘tkazish yaxshi samara bermoqda. Bu yuqori texnologik davolash hisoblanib, hayot sifatini yaxshilashga, qandli diabet nazoratini yengillashishiga va asoratlarning yuzaga kelmasligiga yordam beradi.
Maxsus kiritilgan dasturlar asosida ushbu texnologiya insulin miqdorini kerakli dozada va o‘z vaqtida tanaga yuboradi. Natijada, glikemik nazorat mo‘tadillashadi. Albatta, ushbu davolash usullari asosida o‘z-o‘zini nazorat qilish va to‘g‘ri ovqatlanish talab etiladi.
Shuningdek, farzandiga kasallik tashxisi qo‘yilgan ota-onalarga kuniga 5-6 marta qonda glikemik nazorat o‘tkazish, qand miqdorini me'yoriy ko‘rsatkichlarda ushlab turishni tavsiya etiladi.
Eng muhimi, qandli diabet yengil o‘tishi uchun bolani faqat chiniqtirish lozim. Sog‘lom turmush tarzi, turli xil jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish, kompyuterdan me’yorida foydalanish, shu bilan birga, emlash jarayonlarini o‘z vaqtida olishga harakat qilish zarur.
Mutxassis fikrini Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati bayon qildi.