Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Shovot tumanidagi 1-sonli sport maktabi masʼul shaxslari 01.06.2019-yildan 01.09.2022-yilga qadar maktabning sportchi-oʻquvchilari yuqori natijalarga erishganliklari yuzasidan diplom va bayonnomalarni rasmiylashtirish orqali rahbar, instruktor-metodist, trener-oʻqituvchi jami 14 nafar xodimlarga 361,9 mln soʻm ajratib, ushbu mablagʻlarni oʻzlashtirish va rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.