Sportchilarimiz Qirgʻizistondagi xalqaro musobaqada muvaffaqiyatli qatnashmoqda

    Qoʻshni Qirgʻizistonda togʻ changʻisi boʻyichi xalqaro musobaqa boʻlib oʻtmoqda.

    Unda Moʻgʻuliston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston kabi terma jamoalar oʻzaro bahs olib borib boryapti. Milliy olimpiya qoʻmitasi xabariga koʻra, bellashuvlarda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan vakillarimiz har bir yoʻnalishda shohsupaga koʻtarilmoqda.

    Jumladan, Pxyonchxan-2018 va Pekin-2022 qishki Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi Komiljon Toʻxtayev gigant-slalom dasturida birinchi oʻrinni egalladi. Arman Gayupov va Valeriya Kovalyova esa shohsupaning uchinchi pogʻonasiga koʻtarildi.

    Gigant-slalom, erkaklar:

    1. Komiljon Toʻxtayev (Oʻzbekiston),
    2. Zaxar Kuchin (Qozogʻiston),
    3. Arman Gayupov (Oʻzbekiston).

    Ayollar:

    1. Yana Meling (Qozogʻiston)
    2. Albina Ivanova (Qirgʻiziston)
    3. Valeriya Kovalyova (Oʻzbekiston)