Eʼtiborli tomoni, musobaqada ishtirok etayotgan jamoamiz dastlabki medalini qoʻlga kiritdi. Ayollar oʻrtasida individual poyga dasturida bahs olib borgan Yanina Kuskova shohsupaning uchinchi pogʻonasidan joy oldi.

Yurtdoshimiz bronza medali uchun kechgan poygada qozogʻistonlik raqibasidan ustun keldi. Ushbu dasturda oltin medal koreyalik sportchiga nasib etgan boʻlsa, kumush medalni yaponiyalik atlet oʻziniki qildi.

Velotrek boʻyicha Osiyo chempionati. Ayollar, individual poyga:

1. Jumi Li (Koreya Respublikasi)

2. Kiye Fukiyama (Yaponiya)

3. Yanina Kuskova (Oʻzbekiston)