Unda terma jamoamiz vakillari qoʻlga kiritgan medallar soni 7 taga yetdi. Milliy olimpiya qoʻmitasi xabariga koʻra, kechagi bahslar yakunida Yanina Kuskova taʼqib poygasi dasturida oltin, Margarita Misyurina esa kumush medalga sazovor boʻldi.

Bungacha jamoamiz musobaqa doirasida 1 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qoʻlga kiritgan edi.

Eslatib oʻtamiz, bugun musobaqa doirasida yana bir qator yoʻnalishlar, xususan, “skretch”, ochkolar boʻyicha hamda chiqib ketish poygalari oʻtkaziladi.