Uning taʼkidlashicha, hozirda vaksinaning har ikkala dozasini olgan odamlar haqida toʻplangan maʼlumotlar ayrim emlanganlarda antitanachalar ishlab chiqilgani, ammo ayrimlarda immunitet umuman shakllanmaganini koʻrsatmoqda.

Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, “Sputnik V” bilan qayta emlanish mumkin. “Men “Sputnik V” bilan emlangan odamlarni bilaman va ularda antitanacha hosil boʻlgan, keyin u tushib ketgan. Bu odamlar yana qayta ikki dozada emlandi va titr yana tiklandi”, dedi u.

Professor, shuningdek, emlanmagan odamlar koronavirusni oson yuqtirishi mumkinligini qoʻshimcha qildi.

Yozgi turgʻunlikdan keyin toʻrtinchi toʻlqin boʻladimi yoki yoʻqmi, degan savolga u, toʻlqin nazariyasi yoʻq, deb javob berdi. “Bu shunchaki koronavirus boshlanishida jamoatchilik ongiga tushgan biron bir narsa”, dedi u va buni koronavirus insoniyatni bezovta qiladigan infeksiyalar sirasiga kirishi bilan izohladi. “Va endi biz koronavirusga qarshi baʼzi bir mavsumiy emlashlar bilan shugʻullanishimiz kerak”, dedi u.