Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi rahbari Kirill Dmitriyev koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasi nomidagi “V” harfi nimani anglatishini ochiqladi.
Uning soʻzlariga qaraganda, “V” harfi koronavirus ustidagi gʻalabani anglatadi.
“Vaksinamiz nomidagi “V” harfi koronavirus ustidagi gʻalabani anglatadi, va biz Argentina xalqiga bu kasallik ustidan gʻalaba qozonishni tilaymiz”, - deya tushuntirdi Dmitriyev vaksinaning birinchi partiyasini Argentinaga yetkazib berilganini izohlayotib.
24-dekabr kuni COVID-19 ga qarshi Rossiya vaksinasi “Sputnik V”ning birinchi dozalari ortilgan samolyot Argentinaga kelib qoʻndi. Jami 300 ming doza yetkazib berildi. Birinchi navbatda tibbiyot xodimlari emlanadi.
Rossiyaning yangi koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinasi dunyoda birinchi boʻlib roʻyxatdan oʻtkazildi va u “Sputnik V” deb nomlandi.