Unga ko’ra, 33 ta dorixonaning litsenziyasi bekor qilindi. Ulardan 6 tasi dori vositalarini davlat tomonidan belgilangan narxlardan qimmat sotgani sababli litsenziyasidan mahrum bo‘ldi.

Bu bilan nazorat ishlari yakunlangani yo‘q. Yana 64 ta dorixonaning litsenziyasini bekor qilish bo‘yicha sudlarga da'vo arizalari kiritilgan bo‘lib, mazkur ishlar ayni paytda ko‘rib chiqilmoqda.

Bundan tashqari:

256 ta dorixona mansabdor shaxslariga nisbatan ma'muriy javobgarlik choralari qo'llanildi;

33 ta tadbirkorlik subyektiga moliyaviy ta'sir choralari belgilandi; 

Tekshiruvlar natijasida qonunchilik talablarini buzgan 74 ta tadbirkorlik subyektining faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi dori vositalari sifati, xavfsizligi va aholiga adolatli narxda yetib borishini ta’minlash uchun nazoratni davom ettiradi.