Qayd etilishicha, arizalar 7-martdan 7-aprelga qadar davom etib, litsenziya “Umra“ tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish faoliyati uchun yakka tartibdagi litsenziya sifatida yuridik shaxslarga taqdim etiladi.
Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
- Ariza
- litsenziya talabgori tomonidan Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning “Ziyorat” jamgʻarmasiga 1 million AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan miqdordagi mablagʻlarning toʻlanganini tasdiqlovchi hujjat;
- Umra tadbirlari davomida ziyoratchilarga guruh rahbari etib diniy bilim va koʻnikmalarga ega mutaxassisni jalb qilish boʻyicha Oʻzbekiston musulmonlari idorasi bilan tuzilgan shartnoma nusxasi;
- Umra xizmatlari koʻrsatish boʻyicha Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj va Umra vazirligining “Umra” litsenziyasiga ega boʻlgan hamkor tashkilot oʻrtasida imzolanadigan shartnoma nusxasi;
- ziyoratchilarni tashish va parvozlarni amalga oshirish boʻyicha aviakompaniya (lar) bilan tuzilgan hamkorlik shartnomasi nusxasi;
- tadbirkorlik subyektining ziyoratchilarga sifatli xizmat koʻrsatishi uchun zamonaviy jihozlangan binoda faoliyat yuritishi toʻgʻrisidagi maʼlumot;
- tadbirkorlik subyektining fuqarolik javobgarligini sugʻurtalashni tasdiqlovchi sugʻurta polisining mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi.
Arizada quyidagi maʼlumotlar taqdim etilishi kerak:
- yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan yeri (pochta manzili), faoliyatni amalga oshirish joyining manzili, STIR, bank muassasasining nomi va bank hisobvaragʻi, litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;
- tadbirkorlik subyekti rahbari va xodimlarining familiyasi, ismi va otasining ismi, tugʻilgan yili, manzili, pasport (identifikatsiyalovchi ID-karta) maʼlumotlari.
Arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim — BHMning 3 baravari (1 million 125 ming soʻm), litsenziya berilgani uchun davlat boji — BHMning 10 baravari (3 million 750 ming soʻm) miqdorida toʻlov qilinishi kerak.