Bachadon boʻyni saratoni — butunlay oldini olish mumkin boʻlgan onkologik kasallik. Buning uchun uni erta aniqlash, tashxislash zarur. Bu esa kasallanish va oʻlim holatlarining oldini olishga yordam beradi.

Xoʻsh, xavotirlanishga qanday asos bor?

Gap shundaki, mamlakatimizda bu xastalik barcha yoshdagi ayollar oʻrtasida koʻkrak bezi saratonidan keyingi oʻrinni egallaydi. Oʻlim koʻrsatkichi boʻyicha esa barcha yoshdagi ayollar oʻrtasida koʻkrak bezi va oshqozon bezi saratonidan keyin uchinchi va tugʻish yoshidagi ayollar orasida esa ikkinchi pogʻonada qayd etiladi.

Shu sababli ayni kunlarda Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti hamda Janubiy Koreya xalqaro sogʻliqni saqlash jamgʻarmasi (KOFIH) hamkorligida joylarda ijtimoiy aksiya oʻtkazilmoqda. Unga koʻra, Toshkent shahridagi 5 ta hamda Andijon viloyatidagi 2 ta markaziy oilaviy poliklinikada bepul skrining tekshiruvlari tashkil etilgan.

Ular quyidagi manzillarda joylashgan:

Toshkent shahri boʻyicha:

Yunusobod tumani markaziy poliklinikasi
Yunusobod tumani, 19-mavze, Yunus ota koʻchasi, 2-uy.

Chilonzor tumani markaziy poliklinikasi
Bunyodkor shohkoʻchasi, 7-a uy.

Mirzo Ulugʻbek tumani markaziy poliklinikasi
TTZ-2 mavzesi, Ahillik mahallasi.

Yashnobod tumani markaziy poliklinikasi
Mahtumquli koʻchasi, 2-uy.

Shayxontohur tumani markaziy poliklinikasi
Koʻkcha darvoza koʻchasi, 305-uy.

Andijon viloyati boʻyicha:

Andijon shahar tibbiyot birlashmasi koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi
Andijon shahri, Mashrab koʻchasi, 39-uy.

Andijon shahar tibbiyot birlashmasi 1-oilaviy poliklinikasi
Andijon shahri, Toshkent koʻchasi, 50-uy.

Sogʻliqni saqlash vazirligi
matbuot xizmati.