Ushbu tadbirda Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Ulugʻbek Egamov boshchiligida Oʻzbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda. Mazkur delegatsiya tarkibidan yurtimizda faoliyat yuritayotgan 15 ga yaqin mahalliy ishlab chiqaruvchi farmkompaniyalar vakillari hamda Agentlik mutaxassilari oʻrin egallagan.

Eksportni ragʻbatlantirish agentligi va Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan koʻrgazmaga tashrif buyurgan mahalliy ishlab chiqaruvchilarimiz 3 kun davomida “Made in Uzbekistan” brendi ostida oʻz mahsulotlarini namoyish qilishadi.

Aytish joiz, Mamalakatimiz ishlab chiqaruvchilari tomonidan 2021-yil davomida Qozogʻiston Respublikasiga 7,6 mln. dollarlik dori vositalari va tibbiy buyumlar eksport qilingan.

Bugun oʻz ishini boshlagan koʻrgazmada Oʻzbekistondan tashqari Belarus, Bolgariya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Qozogʻiston, Xitoy, Polsha, Rossiya va Chexiyadan tashrif buyurgan 170 dan ortiq kompaniya vakillari oʻz koʻrgazma mahsulotlari bilan ishtirok etishadi.

Shuningdek koʻrgazma doirasida tibbiyot sohasi vakillari uchun konferensiyalar, seminarlar va mahorat darslari ham oʻtkazilishi rejalashtirilgan.