Mutaxassis bunday mahsulotlar orasida birinchi navbatda olmani aytib o'tdi. Ularning tarkibidagi olma kislotasi tishlarni tozalab, ularni oqartirishga yordam beradi. Bundan tashqari, olma kislotasi o'rik, shaftoli, gilos, chernika, maymunjon, uzum, olxo'ri va nokda ham mavjud. Mazkur mevalar tishlar emalini tozalashga yordam beradi.
Shifokor qulupnayning yaxshi oqartirish xususiyatlari haqida ham eslatdi. Biroq uning tarkibiga kiruvchi meva kislotalari tishlar emaliga salbiy ta'sir ko'rsatishi ham mumkin.
Tish shifokori sut mahsulotlari, shu jumladan tvorog va qattiq pishloq salomatlik uchun foydali ekanini ta'kidladi. Ular tishlarni oqartirish xususiyatiga ega emas, ammo emalni mustahkamlaydi. Bundan tashqari, pishloq og'iz bo'shlig'ida zararli muhitni zararsizlantirishi mumkin, chunki ajralib chiqadigan so'lak ovqat qoldiqlarini tishlarning yuzasidan yuvib tashlash imkonini beradi.
Shifokor, shuningdek, sabzi va selder og'iz bo'shlig'idagi bakteriyalar bilan yaxshi kurashishini ta'kidladi. Apelsin S vitaminiga boy bo'lgani uchun milkni mustahkamlaydi, yong'oqlar emalni himoya qiladi. Biroq achchiq shokoladda ko'p miqdorda kakao mavjud, ularda esa polifenollar bor. Bu esa bakterialarni tishlarga o'rnashib qolishiga olib keladi, deb xabar beradi mir24.tv.