баннер
1 Apr 2025
00:44

    Subsidiya asosida olingan uy-joy krediti uchun yoʻnaltirilgan mablagʻdan daromad soligʻi olinmaydi

    2023-yildan boshlab ipoteka krediti hisobiga sotib olingan, qurilgan va rekonstruksiya qilingan mol-mulk unga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran oʻttiz olti oy ichida begonalashtirilganda belgilangan tartibda soliqqa tortiladi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipoteka kreditidan foydalanishda aholiga qoʻshimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi Qaroriga koʻra, 2023-yil 1-yanvardan boshlab dastlabki badalning va ipoteka krediti boʻyicha foizlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya berilgan fuqarolarning uy-joylarni sotib olish, qurish yoki rekonstruksiya qilish uchun olingan ipoteka kreditlarini hamda ular boʻyicha hisoblangan foizlarni toʻlash uchun yoʻnaltirilgan ish haqi va boshqa daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻiga tortilmaydi.

    Koʻzda tutilgan imtiyoz qarz oluvchi va birga qarz oluvchilar daromadining bir soliq davrida mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining sakson baravaridan oshmagan qismiga tatbiq etiladi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech