Tadbirda muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan G.S. oʻziga tegishli xulosa chiqarmasdan boshqa bir fuqaro S.ning ishonchiga kirib, goʻyoki hokimiyatda ishlovchi tanishlari orqali uy-joy olish uchun subsidiya mablagʻi olib berishini aytib, dastlab uning 1 000 AQSH dollarini qoʻlga kiritib, yana 700 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.