Bugun Toshkent viloyat sudida J. U. (2002-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan) ga oid jinoyat ishi uning himoyachilari tomonidan jinoyat ishlari boʻyicha Oqqoʻrgʻon tuman sudining 2023-yil 8-maydagi hukmi ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatlariga asosan apellyatsiya tartibida koʻrib chiqish boʻyicha ochiq sud jarayoni yakunlandi.

Mazkur jinoyat ishi Toshkent viloyat sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati sudyasi S. Ashirmatov raisligida hamda sudyalar H. Berdiqlichev va X. Usmonovdan iborat sud tarkibida koʻrib chiqildi.

Toshkent viloyat sudi jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati apellyatsiya instansiyasining 2023-yil 17-iyuldagi ajrimi bilan birinchi instansiya sudining J. U. ga nisbatan chiqarilgan hukmi oʻzgarishsiz, shikoyatlar esa qanoatlantirilmasdan qoldirildi.

Ushbu ajrim ustidan Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga kassatsiya tartibida shikoyat berilishi yoki protest bildirilishi mumkinligi maʼlum qilindi.