“Qurolli Kuchlar qo'mondonligi taklif qilingan sulhni yana uch kunga uzaytirishga rozi bo'ldi”, — deyiladi postda.
Harbiylarning tushuntirishicha, bu Saudiya va Amerika tomonlarining Afrika mamlakatidagi vaziyatni yumshatishga ko'maklashayotgan sa'y-harakatlari tufayli amalga oshirilgan.
Bir kun avval Sudandan evakuatsiya qilingan Gruziya aviakompaniyasining 20 nafar xodimi Tbilisi aeroportida kutib olindi, deb xabar beradi mir24.tv.