“Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, Kengash:

- sudyalar orasida korrupsiya holatlarining oldini olib, ularni barvaqt aniqlash boʻyicha chora-tadbirlar koʻradi;
- sud tizimida aniqlangan har bir korrupsiya holatini koʻrib chiqadi va prinsipial baholaydi.

Shuningdek, kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, Kengash sudyalar faoliyatini ochiq va shaffof elektron reyting dasturi asosida baholash mezonlarini aniqlash boʻyicha chora-tadbirlar koʻradi.

Qonun bilan Kengash raisi oʻrinbosari vakolatlariga oʻzgartirishlar kiritildi. Unga koʻra, Kengash raisi oʻrinbosari:

Sudyalar daxlsizligini taʼminlash va korrupsiyaning oldini olish boʻyicha sud inspeksiyasining faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi, uning faoliyati samaradorligini taʼminlash uchun javobgar boʻladi;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga, shuningdek axborot xavfsizligini taʼminlashga doir ishlarni tashkil etadi.

Qonunga kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, Kengash raisi sudyalarning daxlsizligini buzganlik va odil sudlovni amalga oshirishga aralashganlik holatlari yuzasidan prokuratura organlariga taqdimnoma kiritishi mumkin.

Prokuratura organlariga kiritilgan taqdimnoma 1 oy muddatda koʻrib chiqiladi va Kengash jinoyat ishi qoʻzgʻatilganligi toʻgʻrisida yoki uni qoʻzgʻatish rad etilganligi haqida Bosh prokuratura tomonidan xabardor qilinadi, deb Huquqiy axborot telegramm kanali