Bu haqda Kadastr agentligining Fargʻona viloyati boshqarmasi maʼlum qildi.
Aniqlanishicha, noqonuniy qurilish oqibatida sugʻoriladigan yer maydonlarining unumdor qatlami yoʻqotilib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1 mlrd 667 mln soʻmlik zarar yetkazilgan.
Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, aybdor shaxslarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Jinoyat ishining tergovi davomida, yetkazilgan zarar undirilishi va noqonuniy qurilgan bino va inshootlar buzdirilishi taʼminlandi.