Tekshiruvda AJning Qarshi shahar filiali sobiq menejeri Z.X. mijozlar bilan tuzilgan 129 dona sugʻurta polislari boʻyicha 119,7 mln soʻmlik toʻlovlarni qabul qilib, filialga kirim qilmasdan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.