Ammo “NEW LIFE INSURANCE” SK MCHJning Namangan filiali imzolagan “Panoh” hayot va sogʻliqni sugʻurta qilish polisi (50/0086-LHC1) boʻyicha isteʼmolchiga bu xizmatni koʻrsatmadi yaʼni sugʻurta qoplamasi toʻlab bermadi. Ustiga ustak sugʻurta hodisasi yuz bermagan, degan xulosa ham berildi.
Darhaqiqat, joriy yilda mazkur kompaniyaning Namangan filiali tomonidan isteʼmolchi M.N. sugʻurta qilindi. Xususan, Sugʻurta qoidalarida sugʻurta davrida COVID-19 infeksiya kasalligi birinchi bor yuzaga kelib, unga tashxis qoʻyilsa, sugʻurta qilingan shaxs sogʻligʻining baxtsiz hodisa yoki COVID-19 virusi bilan kasallanishi natijasida turgʻun shikastlanishi (Sugʻurta qilingan shaxsning nogironlikka ega boʻlishi) va sugʻurta qilingan shaxsning COVID-19 virusi kasalligi natijasida vafot etgan taqdirda filial tomonidan sugʻurta toʻlovi (penya) berilishi belgilangan.
Isteʼmolchi M.N. “COVID-19” bilan kasallanganligi toʻgʻrisida barcha hujjatlar (laboratoriya natijasi, kasallik sababli karantin oʻtganligi haqida maʼlumotnoma va boshqa hujjatlar)ni mazkur MCHJga taqdim etdi. Ammo “Panoh” hayot va sogʻliqni sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi 50/0086-LHC1-sonli sugʻurta polisi qoidalariga 4.1.-bandiga mutlaqo rioya etilmaydi. Sugʻurta qoplamasini toʻlab berishlari boʻyicha yozma ariza taqdim etilib, unga
sugʻurta qildiruvchi va/yoki sugʻurta qilingani boʻyicha toʻlov haqidagi ariza va shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlar ham ilova tarzda taqdim etildi. Kompaniyaning Namangan viloyat filiali esa bu hujjatlarni vaqtida rasmiylashtirmagan va “NEW LIFE INSURANCE” SK MCHJga oʻz vaqtida yubormagan. MCHJ oʻz aybini isteʼmolchiga agʻdargani yetmaganidek, isteʼmolchi koronavirusga chalingan shaxs bilan muloqotda boʻlgan xolos, bu tashxis bilan sugʻurta qoplamasi toʻlanmaydi, degan xulosani bergan.
Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligining Toshkent shahar hududiy tuzilmasiga tushgan bu murojaat ijobiy hal etildi. “COVID-19” kasalligi bilan bogʻliq barcha zarur hujjatlar qayta koʻrib chiqildi. Sugʻurta voqeasi boʻyicha olib borilgan oʻrganishlarda bu holat sugʻurta hodisasi deb tan olindi. Kompaniya tomonidan (COVID-19 natijasida sugʻurtalangan shaxs kasalxonaga yotqizilgan taqdirda, kasalxonaga yotqizilgan har bir kun uchun unga 150 ming soʻm miqdorida toʻlanishi, shunday qilib, 20 kun ichida bu miqdor 3 million soʻmni tashkil etadi) M.N.ga sugʻurta qoplamasi – 3 000 000 soʻm toʻlab berildi.Bu qanday hisoblangani koʻpchilikni qiziqtirishi mumkin. Masalan, agar sugʻurtalangan shaxsning yoshi 35 yoshda boʻlsa va kerakli sugʻurta summasi 30 million soʻmni tashkil etsa, u holda uning sugʻurta narxi 240 ming soʻmni tashkil etadi.