Litsenziyaning amal qilish muddatini toʻxtatishga asos boʻlgan kamchiliklar jamiyat tomonidan bartaraf etilmaganligi sababli, 6 oydan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatish yuzasidan sudga daʼvo arizasi kiritilgan.

“Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligining 2022-yil 21-iyundagi buyrugʻiga muvofiq, “AGROS HAYOT” sugʻurta tashkiloti aksiyadorlik jamiyatining firma nomida tegishli oʻzgarish boʻlganligi sababli, uning litsenziyasi qayta rasmiylashtirildi”, deya xabar bermoqda Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi axborot xizmati.