“Bu sunʼiy intellekt tomonidan yaratilgan musiqaning birinchi namunasi boʻlib, meni hayratda qoldirdi”, deb yozgan sunʼiy intellekt loyihalari ustida ishlayotgan Makkey Rigli Twitterdagi oʻz sahifasida. Qoʻshiq 14-aprel kuni eʼlon qilingan.

Shundan beri, TikTokda 8,5 million martadan koʻproq koʻrilgan. Qoʻshiq “The Weeknd”ning sobiq sevgilisi  Selena Gomezga bagʻishlangan.

Trekning toʻliq versiyasi esa Spotifyda 254 000-marta eshitilgan. 2 daqiqa 14 soniya davom etgan kompozitsiyani joylashtirgan odam trekni neyron tarmoq yordamida yaratganini taʼkidladi.