“Surbana Jurong Group” kompaniyasi bilan hamkorlik kengaytiriladi

    Xalqaro hamkorlik 22 Sentabr 2023 1248

    Joriy yilning 21-sentyabrda Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʻrinbosari Oybek Xamrayev Singapurning “Surbana Jurong Group” kompaniyasi bosh direktori Shon Chjian bilan muzokaralar oʻtkazdi.

    Tomonlar asosiy eʼtiborini suv taʼminoti va suv resurslarini boshqarish sohasidagi joriy loyihalarni amalga oshirish jarayoniga qaratdi. Shuningdek, kelgusi hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari belgilab olindi.

    Muzokaralar yakunida tomonlar transport va logistika, neft-kimyo, qayta tiklanadigan energetika, shaharsozlik va infratuzilma sohalarida oʻzaro hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.

    Maʼlumot uchun: “Surbana Jurong Group” 2015-yilda tashkil etilgan boʻlib, shaharsozlik va infratuzilma sohalarida Singapurning eng yirik konsalting kompaniyasi hisoblanadi. 40 ta mamlakatda jami 16 ming xodimga ega 120 dan ortiq idoralari mavjud. Kompaniya shu kungacha 16 mingdan ortiq loyihalarni amalga oshirgan.