Suriyadan qaytgan ayol taqdiri haqida film suratga olinadi

    Madaniyat 27 Yanvar 2021 9306

    “Oʻzbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan Central Asian Trade Company (CATC) hamda “Dilshoh media” kinostudiyalari hamkorligida “Ayol qismati” badiiy filmi suratga olinadi.

    Film Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil may oyidagi maxsus topshirigʻi asosida adashib Suriyaga ketgan vatandoshlarimizni yurtimizga qaytarish yuzasidan amalga oshirilgan maxsus operatsiya haqida. Unda xorijga ketgan ayolning ayanchli taqdiri, vataniga qaytishdagi kechinmalari hikoya qilinadi.

    Ssenariy mualliflari Dilmurod Masaidov hamda Sardor Hamroyev, postanovkachi rejissyor Dilmurod Masaidov, postanovkachi operator Husan Aliyev, rassom Husayn Eshniyozov, prodyuser Mahmud Erkaboyev, liboslar boʻyicha rassom Sevara Zunnunova, kartina direktori Azizbek Azatbayev.

    Hozirda filmni suratga olish uchun joylar tanlash va boshqa tayyorgarlik jarayonlari ketmoqda.

    “Oʻzbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati