Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi xodimlari Sirdaryo viloyatining Oqoltin tuman tibbiyot birlashmasida faoliyat yuritayotgan tibbiyot xodimlari bilan uchrashib, shifoxonada davolanib chiqqan bemorlar holatini oʻrganish natijalari va davlat tibbiy sugʻurtasini joriy etish borasidagi savollarga javob berdi.

Surunkali tanzilit bilan ogʻrigan bemor statsionarga yoʻllanma talab qilganda qanday yoʻl tutish kerak?   

Bu kasalni ambulator sharoitda ham davolash mumkin va albatta kerakli dorilar bemorga tekin beriladi.

Oʻylab koʻring, ambulator sharoitda davolash mumkin boʻlgan bemorni shifoxonada yotqizish tufayli ogʻir holatda kelgan boshqa bemorga joy topilmay qolishi mumkin. Misol uchun, insult yoki infarkt. Yengil kasallarni ambulator sharoitida davolash orqali bir nechta yutuqqa erishiladi. Avvalo, oilaviy shifokorning mavqei oshadi. Shuningdek, davlat tomonidan kafolatlangan paket doirasida ajratilgan mablagʻlar maqsadli ishlatiladi.  

Uchrashuvda bu kabi bir qator savollarga javoblar berildi, deb xabar beradi Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi matbuot xizmati.