Koʻrgazma ochilishida muzey ilmiy xodimlari tomonidan surxon vohasi qadimgi kulolchiligi tarixi borasida soʻz yuritilib, ishtirokchilariga qadimgi davlatchiligimiz poydevori boʻlgan Jarqoʻton yodgorligi kulolchiligi haqida maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, muzey zaxira fondida saqlanayotgan bronza davri sopol idishlari toʻgʻrisida tayyorlangan taqdimot qatnashchilarga namoyish etildi.

Taqdimot muzey boʻylab ekskursiya bilan davom etdi. Eshboyev Muhammadi baxshi ijrosida doston parchasi tinglandi. Usta Xayrulla kulol tomonidan kulolchilik charxida bejirim sanʼat namunasi tomoshabinlar koʻz oʻngida yasalgani koʻrgazma uchun muhim ahamiyat kasb etdi.