Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Termiz tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Paxta seleksiyasi urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari imliy-tadqiqot instituti Surxondaryo ilmiy-tajriba stansiyasi sobiq bosh hisobchisi M.A. va boshqalar 123,5 mln soʻm ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni asossiz tayinlash orqali hamda stansiya balansida boʻlgan 129,9 mln soʻmlik transport vositalarini soxta hujjatlar tayyorlash va boshqa yoʻllar bilan oʻzlashtirib, jami 264,4 mln soʻm byudjet mablagʻlarini rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.A. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish), 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.