Unda 31 yoshli Baxrom U., Nodira B.,ning video tasvirini ijtimoiy tarmoqlarga tarqatmaslik va uning Rossiya Federatsiyasida ishlab yurgan turmush oʻrtogʻiga yubormasligi evaziga 500 AQSH dollari berishini talab qilgan.
Tovlamachi Nodira B.,dan 5.200.000 soʻm pullarni olayotgan vaqtida ushlanib, ushbu pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Denov tumani IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Bahrom U.,ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Dastlabki tergov davom etmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi tergov departamenti