Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi xabar berdi.
Holat Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi xodimlari va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan holat oʻrganildi.
Oʻrganish davomida voqea 2023-yilning oktyabr oyi oxiri — noyabr oyi boshlarida Surxondaryo viloyati Shoʻrchi tumani "Obodon" mahallasida "Takatosh" massivida fuqaro Sh.X. tomonidan sodir etilganligi, fuqaro bu ishi bilan tabiatga 1 milliard 60 ming soʻm miqdorida zarar yetkazgani aniqlandi.
Oʻrganish natijalariga koʻra bir bosh nomaʼlum hayvonning suyaklari topilib, ular qaysi hayvon turiga tegishliligi borasida ilmiy xulosa olish maqsadida tegishli tashkilotlarga joʻnatildi.
Xulosa olingach, hujjatlar chora koʻrish maqsadida prokuratura organlariga yuboriladi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 202-moddasiga koʻra, Qizil kitobga kiritilgan hayvonlarni nobud qilish eng kam oylik ish haqining 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima, 3-yildan 5-yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3-yildan 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.