Surxondaryo viloyati IIB hamda DXX viloyat boshqarmasi hamkorligida Shoʻrchi tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro S.Bekmurod (ism- sharif oʻzgartirilgan)ga tegishli 1 dona qora rangli “Samsung Galaxy J6” rusumli telefon apparati xotirasi va unda ochilgan internet tarmogʻi kanal va sahifalari koʻzdan kechirilgan.
Koʻzdan kechirish jarayonida fuqaroning raqamiga faollashtirilgan “Sadr Bekmurod” (nom shartli ravishda oʻzgartirildi) nomli telegram akkaunti mavjudligi va u orqali oʻziga yaqin messenjer foydalanuvchilariga qonunchiligimizda taqiqlangan “Abu Moviya”, “Sodiq Samarqandiy”, “Mubashshir Axmad”, “Abdulloh Buxoriy” hamda “Abdulloh Zufar” taxallusi ostidagi shaxslarning “Hijrat” va “Jihod”ga chorlovchi video va audio materiallari tarqatilib, daʼvat qilib kelinganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan 2022-yilning 21-yanvarida fuqaroga nisbatan JKning 244-1-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.